7 yanvar kunidan boşlab Toşkent şahrida joylaşgan, Özbekistondagi eng yirik masjid bölgan «Hazrati imom» majmuasida musulmonlarni namozga çorlovçi azon ovoz kuçaytirgiçlar orqali yangray boşladi.

Azon.uz’ning xabar berişiça, namozdan söng masjid imomi bu voqeaga alohida töxtalib, köplab xayrli işlari qatorida, azonni baland ovozda çaqiriş ham şaxsan davlat rahbari taşabbuslari bilan amalga oşirilayotganini ma'lum qilgan.

Şuningdek, Habibulloh qori Abdurazzoqov Özbekistonda yana köplab masjidlar oçilişi haqida xuşxabarni ham aytib ötgan. 

Qayd etiş joiz, 2018 yil 5 yanvar kuni Toşkent viloyatida xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgan edi. Sessiyada davlat rahbari Toşkent viloyatidagi barça masjidlarni ta'mirlaş, Qur'oni Karim musobaqasini taşkil etiş kabi masalalar haqida gapirgan edi.