Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi qabristonda obodonlaştiriş va turli quriliş işlariga şahardagi mavjud taşkilotlar, jumladan, ta'lim tizimi, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari va harbiy qism askarlari majburiy jalb qilinayotgani haqida xabarlar hamon qizğin muhokama qilinmoqda.

Mazkur holatga oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz muxbiri Buxoro şahridagi uşbu qabristonga bordi va mavjud vaziyatni joyida örgangan edi.

Örganiş asosida saytda «Buxorodagi qabristonni obodonlaştirişga taşkilotlar xodimlari majburiy jalb qilinmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda qabristondagi obodonlaştiriş işlariga haqiqatan ham turli taşkilotlar xodimlari jalb qilinayotgani dalillar bilan yoritilgan edi.

Şundan keyin Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyevning Facebook’dagi sahifasida şahardagi «Hazrati imom» qabristonidagi obodonlaştiriş va turli quriliş işlariga şahardagi mavjud taşkilotlar, jumladan, ta'lim tizimi, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari va harbiy qism askarlari majburiy jalb qilinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan post qoldirildi.

Unda marhumlar yotgan joylarni obod va ozoda saqlaşga e'tibor qaratiş farzligi, heç kim bu işlarga majburan jalb etilmayotgani, barçasi haşar tarzida taşkil etilayotgani ta'kidlangan. Şu bilan birga, Kun.uz sayti suriştiruvida tasdiqlangan ma'lumotlar asosida berilgan holatlar inkor qilingan.

Öktam Barnoyev uşbu fikrlari bilan maqoladagi tasdiqlangan holatlar bilan yaqindan tanişmagan körinadi.

Maqolada hududi 17 gektarni taşkil qiladigan eng katta va qadimiy qabristonda olib borilayotgan işlarda taşkilotlardan xodimlar borligi, şuningdek, harbiy qism askarlari ham işlayotgani suratlari bilan berilgandi.

Qolaversa, obodonlaştiriş boşqarmasining sözlari ham keltirib ötilgan edi.

«Biz obodonlaştiriş boşqarmasida işlaymiz. Bu yerda işlar boşlanganiga bir oyga yaqin vaqt böldi. Töğri, bu yerda bizdan taşqari, turli taşkilotlar xodimlari, öqituvçilar ham, şifokorlar ham kelib işlaşmoqda. Bugun ham ertalabdan tuş vaqtigaça işlab ketişdi», – degan edi Buxoro şahar obodonlaştiriş boşqarmasining ismini oçiqlaşni istamagan işçisi.