Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev Facebook’dagi sahifasida şahardagi “Hazrati imom” qabristonidagi obodonlaştiriş va turli quriliş işlariga şahardagi mavjud taşkilotlar, jumladan, ta'lim tizimi, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari va harbiy qism askarlari majburiy jalb qilinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan post qoldirdi.

“Xalqimizda “qaysi yurtning obodligini bilmoqçi bölsang, bozori-yu mozoriga bor”, degan naql bor. Bu naqlda bozor – turmuş, mozor – ma'naviyat belgisini bildiradi. Zero, mozor marhumlarning mangu qönim topgan maskani bölsa, bozor tiriklikning yaşaş manbai sanaladi. Şu ma'noda aytganda, qabristonlarni, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni ziyorat qiliş, boqiy dunyoga safar qilgan yaqinlarimiz qabrlaridan xabar oliş, haqlariga Qur'on-tilovat qiliş, marhumlar yotgan joylarni obod va ozoda saqlanişiga e'tibor qaratiş har bir inson uçun ham qarz, ham farzdir”, - deb yozadi hokim. 

Uning aytişiça, bundan qariyb bir oy muqaddam Buxoro şahridagi “Hazrati imom” qabristonida keng kölamli quriliş-ta'mirlaş işlari boşlangan. 

“Sönggi kunlarda esa ijtimoiy tarmoqlarda qabristondagi obodonlaştiriş va turli quriliş işlariga şahardagi mavjud taşkilotlar, jumladan, ta'lim tizimi, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari va harbiy qism askarlari majburiy jalb qilinayotgani haqida xabarlar “bolaladi”. 

Voqealar rivoji aslida qanday tus olgani yuzasidan Buxoro şahar hokimi K.Kamolovga murojaat qildik. - Mahallalar qiyofasini yangilaş maqsadida qabul qilingan “Obod mahalla” dasturi doirasida “Ğ.Ğulom” mahallasi hududi ham obodonlaştirilmoqda. “Hazrati Imom” qabristoni ayni şu hududda joylaşgan. Viloyat rahbari boşçiligida olib borilgan örganişlar jarayonida mazkur qabristondagi abgor holat ham e'tibordan çetda qolmadi. Şu joyning özida mutasaddilarga qabriston devorlarini qaytadan tiklaş, yölaklarni ta'mirlaş, sağanalar atrofini tartibga keltiriş böyiça topşiriqlar berildi. Şundan söng işga kirişildi. Bu işga albatta, quriliş taşkilotlari, obodonlaştiriş boşqarmasi işçi-xodimlari jalb qilingani rost. Qolaversa, mahalliy budjetdan 500 million söm mablağ ham ajratib berildi. Bundan taşqari, imom-xatiblar, yoşi uluğ insonlar tomonidan namozlarda, ma'raka-mavridlarda ezgu işga boş qöşişga çaqiriqlar qilindi. Buxoro şahrida yaşovçi aholi orasida köpçilikning qavmi-qarindoşi şu yerda dafn etilganligi bois ularga ham da'vatlar böldi”, - deydi Öktam Barnoyev.