Buxoro şahridagi «Hazrati imom» qabristoni eng katta va qadimiy qabristonlardan biri bölib, hududi 17 gektarni taşkil qiladi. Ayni vaqtda uşbu qabristonda keng kölamli obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda qabristondagi obodonlaştiriş va turli quriliş işlariga şahardagi mavjud taşkilotlar, jumladan, ta'lim tizimi, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari va harbiy qism askarlari majburiy jalb qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holatga oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz muxbiri Buxoro şahridagi uşbu qabristonga bordi va mavjud vaziyatni joyida örgandi.
Qabristonda haqiqatan ham keng kölamda obodonlaştiriş işlari olib borilayotganiga guvoh böliş mumkin.

Turli yumuşlar bilan band bölgan fuqarolar bilan suhbatlaşdik.
«Biz obodonlaştiriş boşqarmasida işlaymiz. Bu yerda işlar boşlanganiga bir oyga yaqin vaqt böldi. Töğri, bu yerda bizdan taşqari, turli taşkilotlar xodimlari, öqituvçilar ham, şifokorlar ham kelib işlaşmoqda. Bugun ham ertalabdan tuş vaqtigaça işlab ketişdi», — deydi Buxoro şahar obodonlaştiriş boşqarmasining ismini oçiqlaşni istamagan işçisi.

Albatta, qabristonlar obodligiga obodonlaştiriş boşqarmasi işçi-xodimlari mas'ul. Ammo qolgan taşkilotlar xodimlari-çi?
Şundan söng, qabristonda böyoqlaş işlarini olib borayotgan yana bir fuqaro bilan suhbatlaşdik.

«Özim boğçada işlayman. Bizga şu yerga kelib yordam berişimizni aytişgan. Bir neça kundan buyon işlayapmiz. Şahardagi hamma boğçadan kelişyapti», — deydi u biz bilan suhbatda. U ham ismi sir qolişini bizdan qattiq iltimos qildi.
Örganişimiz davomida fuqarolik kiyimida jazirama issiqda işlayotgan Buxoro şahridagi harbiy qism askarlarini uçratdik.






















