Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi yurtimizdagi korxona va taşkilotlarda çuqur muhokama etilmoqda. Özbekiston advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boşqarmasida ham Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyatga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi, deb xabar beradi KUN.UZning Samarqanddagi öz muxbiri.
Viloyat adliya boşqarmasi, Advokatlar palatasi viloyat hududiy boşqarmasi hamda hamkor taşkilotlarning vakillari iştirok etgan davra suhbatida boşqarma boşliği O.Ahtamov Prezident tomonidan sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş yölida qator vazifalar belgilab berilganini ta'kidlab ötdi.
«Prezident murojaatnomasidan Özbekistonda advokaturani rivojlantiriş böyiça e'tiborga molik işlarni amalga oşiriş, jumladan, endilikda advokatlarning konsalting xizmatlari — tadbirkorlik sub'yektlariga huquqiy yordam körsatiş borasidagi faoliyatni takomillaştiriş çoralari körilişi lozimligi, advokatlar tomonidan yuridik xizmatlar körsatiş böyiça faoliyat kölami kengaytirilişi kerakligi kelib çiqadi», — dedi O.Ahtamov öz sözida.
Viloyat advokatlari 2017 yilda 20 mingdan ortiq yuridik yordam körsatiş töğrisida şartnomalar imzolanib, jismoniy va yuridik şaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişgan. 5 mingga yaqin oğzaki maslahatlar berilib, 1200 nafar tadbirkor va tadbirkorlik istagi bialn şuğullaniş istagi bölgan fuqarolarga lokal hujjatlar tayyorlab berilgan.
2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da mahallalar aholisining huquqiy madaniyatini oşiriş hamda ularga huquqiy maslahatlar beriş tizimi yölga qöyildi. «Xalq qabulxonalari»da ham advokatlarning navbatçiligi yölga qöyilgan va u yerda ham fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar, lozim bölganda yozma tuşuntirişlar berib kelinmoqda.

2018 yilning «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» munosabati bilan, şuningdek, Prezidentning parlamentga murojaatnomasidan kelib çiqib, 2018 yil davomida davlat röyxatidan ötgan barça tadbirkorlar va xöjalik yurituvçi sub'yektlarga yil davomida bepul huquqiy maslahatlar berib boriş taşabbusi ilgari surildi va yiğilganlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Murojaat uçun manzil:
Özbekiston advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boşqarmasi.

















