Armaniston prezidenti ma'muriyati OAVning respublika prezidenti Serj Sargsyan yangi yil bayramlari paytida sog‘ligi yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarini rad etdi. Bu haqda «Interfaks» Armaniston prezidentining matbuot kotibi Vladimir Akopyanga tayangan holda xabar bermoqda.

«Ushbu ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Prezident yengil shamollagandi. U bu davr davomida uyda bo‘ldi», - deya ma'lum qildi Akopyan.

Ta'kidlanishicha, 9 yanvar kuni «Jamanak» gazetasi Sargsyan rojdestvo munosabati bilan cherkov tadbirlarida ishtirok etmagani, bunga uning shifoxonaga yotqizilgani sabab bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.