Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi “Mediatsiya töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.

Mazkur qonun loyihasi mamlakatda nizolarni mustaqil şaxslar – mediatorlar iştirokida bartaraf etişning muqobil usullarini rivojlantiriş hamda sudlar zimmasidagi yukni yengillaştiriş uçun huquqiy şart-şaroitlar yaratiş maqsadida işlab çiqilgan.

Mediatsiya deganda mojaroni xolis, adolatli, uşbu mojarodan manfaatdor bölmagan uçinçi tomon – mediator iştirokida hal etişning muqobil şakli tuşuniladi. Mediator tomonlarga nizo yuzasidan muayyan bitim tuzişga yordam beradi. Mediatsiyada tomonlar nizoni bartaraf etişga hamda uni hal etiş şart-şaroitlariga doir qaror qabul qiliş jarayonini töliq nazorat qila oladilar.

Deputatlarning ta'kidlaşiça, nizolarni hal etişda mediatsiyani qöllaş vaqtni tejaş va nizolaşuvçi tomonlarning – fuqarolar, taşkilotlarning, şu jumladan tadbirkorlik sub'yektlarining sud xarajatlarini qisqartiriş imkonini beradi. 

Ular özlari örtasida yuzaga kelgan nizolarni sudgaça olib bormasdan, advokatlarni jalb etmasdan va sud muhokamasi bilan boğliq davlat boji va xarajatlarni tölamasdan özaro manfaatli şartlar asosida özlari uçun qulay joy va vaqtda tez hamda arzon hal etiş imkoniyatiga ega böladilar. Şunday qilib, tomonlarda yuzaga kelgan nizoni tez hal qiliş imkoniyati paydo böladi.

Şu bilan birga, “Mediatsiya töğrisida”gi Qonunning qabul qilinişi nizolarni sudga qadar bartaraf etiş sohasida yuzaga keluvçi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişning tizimliligi va keng kölamliligini ta'minlaşini, nizolarni sudga qadar bartaraf etişning samarali taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratişini alohida ta'kidlab ötildi.