2018 yil 8 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Boş Prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Uşbu multimedia markazi Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” qarorining amaldagi ijrosidir.
Nafaqat prokuratura balki, boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini ham keng yoritişni maqsad qilgan Mediamarkaz mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, notöğri ma'lumotlardan buzğunçi va boşqa ğayriqonuniy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatini yöqqa çiqariş uçun aholini yuz berayotgan voqea-hodisalardan öz vaqtida xabardor etadi.
Mediamarkaz zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondaşuvlardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallarini, şu jumladan audio va videoroliklar, telekörsatuvlar va radioeşittirişlar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlar tayyorlab teleefir va Internet tarmoğiga uzatadi.

Qayd etiş joizki, Mediamarkaz asosiy e'tiborni davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati va ularda belgilab berilgan vazifalarni aholiga tuşunarli, xalqçil qilib yetkaziş maqsadida turli media mahsulotlarni tayyorlaşga qaratadi. Bundan taşqari, uşbu materiallar infografika va maxsus audiovizual effektlardan foydalangan holda tahliliy mazmundagi ma'lumotlar bilan boyitiladi.
Şu bilan birga, Markaz Özbekistonda belgilangan tartibda röyxatdan ötmagan internet kanallar orqali tarqatiladigan notöğri, buzğunçi va asoslantirilmagan ğoyalar va xabarlarga nisbatan munosabat bildiradi.
Tantanali oçiliş marosimida XXRning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Sun Litsze, BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi doimiy vakili, BMTning doimiy koordinator-rezidenti Helena Freyzer va boşqa mehmonlar, vazirliklar va davlat idoralari vakillari, OAV vakillari iştirok etdi.
Oçiliş marosimi doirasida Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Özbekkino” milliy agentligi, Taraqqiyot strategiyasi markazi hamda Xalqaro press-klub bilan hamkorlik töğrisidagi memorandumlar imzolandi.

























