Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida 2017 yilga baho berar ekan, xalq bilan yaqindan muloqot qiliş, uning dardu taşvişlari, hayotiy muammolarini samarali hal etiş böyiça yangi tizim yaratilgan yil böldi, deb aytişga töla haqli ekanimizni alohida ta'kidladi.
Darhaqiqat, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan çora-tadbirlarning izçil amalga oşirilişi Harakatlar strategiyasidagi ustuvor maqsad hamda vazifalarni röyobga çiqarişda muhim qadam böldi. Avvalo, davlat organlari faoliyatida tub buriliş kuzatildi. Bunda «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak» degan ğoya asosiy mezonga aylangan.
Fuqarolarimizning ayni masala yuzasidan fikr-mulohazalari, xulosalari qanday?
«Ijtimoiy fikr» jamoatçilik fikrini örganiş markazi mingdan ziyod respondentlar örtasida ötkazgan galdagi tadqiqotda uşbu savolga javob izlandi.
Monitoring körsatişiça, xalqimizning davlat boşqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatiga bergan bahosida ijobiy tendensiya kuzatildi. Xususan, 2017 yilning birinçi çoragida respondentlarning 47,1 foizi davlat idoralari işidan qoniqiş hosil qilgan bölsa, törtinçi çorakka kelib mazkur körsatkiç 52,3 foizni taşkil etdi.
Aholining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qiliş böyiça davlat boşqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatidan fuqarolar qoniqişining eng yuqori darajasi Surxondaryo (86,7 foiz), Namangan (75,6 foiz) va Sirdaryo (75 foiz) viloyatlarida aniqlandi. Farğona va Jizzax viloyatlari aholisining bu borada bergan bahosi mamlakat böyiça örtaça darajadan past böldi.
Tadqiqot jarayonida fuqarolar joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatiga doir axborotning oçiqlik darajasini ham belgiladilar. Har ikkinçi respondent ayni jabhadagi axborot oçiq va ulardan foydalaniş mumkin, deb hisoblaydi. Tört çorak mobaynidagi sörovlar monitoringi bu körsatkiç 10,5 foizga ösganini tasdiqladi. Şuning barobarida, har uçinçi respondent davlat idoralari faoliyati haqidagi axborot hammaga ham oçiq emasligini va ulardan barça birdek foydalana olmasligini ta'kidlaydi.
Sörovda 81,4 foiz fuqaro mamlakatda huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularga barham berişda samarali çoralar körilmoqda, deb hisoblaydi. Sörovnoma iştirokçilarining 80,6 foizi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, xavfsizligi yuqori darajada ta'minlanganiga urğu berdi.
Söralganlarning 78,5 foizi pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning öz vaqtida tölanişidan qoniqmoqda. 75 foiz respondentning fikriça, ular yaşayotgan hududda tadbirkorlik hamda fermerlik faoliyati uçun zarur va qulay şart-şaroitlar yaratilgan. 72,7 foizi esa yolğiz va keksalarga, nogironligi bölgan şaxslarga ijtimoiy hamda tibbiy yordamni taşkil qiliş sa'y-harakatlarini ijobiy baholaydi.

















