Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi «Özbekiston Respublikasi, Qozoğiston Respublikasi va Turkmaniston örtasida uç davlatning Davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi hududi töğrisidagi Şartnomani (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun loyihasini qabul qildi.

Şartnomada Özbekiston, Qozoğiston va Turkmanistonning davlat çegaralari tutaşgan nuqtasining hududi joylaşgan yer hamda tutaşgan nuqta hududidagi davlat çegaralari liniyalari ötadigan joy belgilab qöyilgan, şuningdek tegişli tavsif tuzilgan.

Şartnoma 2017 yil 10 noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozoğiston taşqi işlar vaziri Qayrat Abdurahmonov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov tomonidan imzolangan.

Tomonlar hujjatni «Markaziy Osiyo: bir ötmiş va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va özaro farovonlik uçun hamkorlik» xalqaro konferensiyasi doirasida imzoladilar.