Senator Alişer Kurmanov mutasaddi vakillar Özbekiston turizm salohiyatini tarğib etiş maqsadida Discovery telekanali bilan hamkorlik masalalarini örganib çiqayotganini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, ayni paytda ÖzMTRK «Dunyo böylab» kanalining xalqaro imijini oşiriş böyiça rejalar tuzilmoqda. Şuningdek, Mening fikrim veb-portalida «​Ta'lim»​ telekanalini oçiş haqida murojaat paydo böldi.​

«Bugun mamlakatimizda yoşlarga ana şunday e'tibor berilmoqda. Barça imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun yoşlarning ta'lim jarayonidagi muammolarini örganiş, ularning yutuqlarini ommalaştiriş, yoşlarning, ayniqsa uyuşmagan yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida ta'lim va fan sohasiga oid telekanal taşkil etiş kerak», - deyiladi murojaat matnida.​

Eslatib ötamiz, avvalroq, ÖzMTRK «Dunyo böylab» kanalining «Turizm 365» kanaliga özgartirilişi rejaga kiritilgani haqida ma'lumot berilgandi. ​