Germaniyalik texnologlar va muhandislar 2020 yil boşida E-ELT mega-teleskopiga örnatiladigan 39 metrlik oynaning ilk 6 ta segmentini tayyorlaşdi. Bu haqda Yevropaning janubiy observatoriyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
2016 yil may oyida Çilining Armasones toğida qurilişi boşlangan E-ELT (European Extremely Large Telescope — Yevropaning öta yirik teleskopi) teleskopi 2020 yil örtalarida tarixdagi eng katta optik teleskopga aylanadi. Uning rekord darajada katta oynasi ölçami 1,4 metrlik 798 ta oltiburçakli segmentlardan taşkil topadi.
Bu teleskop hozirgi kunda yerdagi va koinotdagi observatoriyalar bajara olmaydigan masalalarni hal qiladi – u ekzosayyoralar suratlarini oladi va sayyoramizga öxşaş sayyoralarni qidiradi, erta koinot sirlarini örganadi va olisdagi galaktikalardagi yulduzlar suratlarini oladi. Bundan taşqari, olimlar galaktikamizdagi qora tuynuk çekkalari suratlarini olişga va uning aylaniş tezligini ölçaşga harakat qilmoqdalar.
Teleskopning umumiy narxi milliard dollardan oşadi. Bu mablağdan katta qismi optik asboblarni yaratişga va observatoriya binosini qurişga sarflanadi. Teleskopning boş oynasidan taşqari, barça uskunalarini işlab çiqiş va yiğiş uning qurilişigaça bajarib bölingan.
Oynalarning ilk segmentlari Mayntsdagi firmada tayyorlangan. Oynaning qolgan 900 ta segmenti (798 ta asosiy va 100 tadan köproq qöşimça) Germaniyada keyingi uç yil davomida tayyorlanadi. Zavod har kuni bittadan oyna tayyorlaydi. Ular söngra silliqlaş va zarur şakl beriş uçun Safran Reosc mutaxassislariga topşiriladi.

















