Özbekistonda davlat boşqaruv organlari tizimi tubdan takomillaştiriladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Qayd etilişiça, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yil davomida işlab çiqiladi.
Loyihalarda:
davlat organlarining turlari (vazirlik, davlat qömitasi, agentlik, inspeksiya, markaz va h.k.), farqlanuvçi jihatlari va vazifalari;
davlat organlariga xos bölgan maxsus funksiyalar doirasi;
vazifalari özaro takrorlanuvçi vazirlik va idoralarni maqbullaştiriş hamda birlaştiriş;
agentliklar, qömitalar, inspeksiyalar va markazlarni tegişli vazirliklarga böysundiriş;
davlat boşqaruv organlarining yagona röyxatini belgilaş;
boşqaruvning innovatsion şakllarini joriy etiş;
davlat vazifalarini tadbirkorlar va jamoatçilikni teng hamkor sifatida jalb etgan holda bajariş mexanizmlarini takomillaştiriş;
Vazirlar Mahkamasining va uning ijro etuvçi apparatidan vazirliklarga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, respublika boşqaruv organlaridan hududiy organlarga ötkazilayotgan funksiyalar doirasi nazarda tutiladi.
Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar bu borada mas'ul etib belgilandi.


















