Xitoy sohillari yaqinida, Janubiy Xitoy dengizida 6 yanvarda yuk kemasi bilan töqnaşgan va şundan beri yonayotgan, Eronga qaraşli neft tankeri, taxmin qilingandek, portladi. Xitoy transport vazirligi ma'lumotlariga köra, tanker ekipajining 31 a'zosi taqdiri hanuzgaça noma'lumligiça qolmoqda, faqatgina bir kişi jasadi topilgan.
6 yanvarda Panama bayroği ostida ketayotgan Sanchi tankeri AQŞdan Xitoyga ğalla yetkazişi kerak bölgan yuk kemasi bilan töqnaşib ketgan. Erondan Janubiy Koreyaga 136 tonna neft olib ketayotgan tanker bortida 30 nafar eronlik va 2 nafar bangladeşlik bölgan. Ularning barçasi ekipaj a'zolari bölgan. Xitoy kemasi uning xavfsizligiga tahdid qilişi mumkin bölgan şikastlar olmagan, uning butun 21 kişilik ekipaji qutqarilgan.
Eronning NITC milliy kompaniyasiga tegişli neft tankeri töqnaşuvdan keyin yonib ketgan, undagi neft dengizga oqib tuşgan.
Bu NITC tankerlarining oxirgi ikki yildagi ikkinçi falokati bölib, 2016 yilda Eronga qaraşli supertanker Singapur yaqinida konteyner taşuvçi kema bilan töqnaşib ketgan.
















