Norma’ning yozişiça, tasdiqlangan nizomda quyidagilar belgilangan:

avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini özgartiriş bilan boğliq faoliyatni boşlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etiş tartibi;

avtomototransport vositasini qayta jihozlaşga ruxsatnoma beriş tartibi;

avtomototransport vositasini qayta jihozlaşga va (yoki) avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini özgartirişga ruxsat etuvçi talablar va şartlar.
 
Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilği aralaşmasida işlaydigan transport vositalarining xavfsizligi töğrisida umumiy texnik reglamentni tasdiqlaş haqida»gi qaroriga tegişli özgartirişlar kiritiladi.
 
Mazkur qaror kuçga kirgaç, Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yöl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi töğrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlaşga ruxsatnoma beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.
 
Hujjat 1.01.2021 yildan kuçga kiradi.