Şu kunlarda parlament quyi palatasi qömitalarida qator qonun loyihalari keng muhokama qilinmoqda. Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilib, Qonunçilik palatasida birinçi öqişda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi ana şulardan biridir, deb yozyapti “Xalq sözi”.
Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari, tegişli idoralar mutasaddilari, soha mutaxassislari iştirokida kengaytirilgan tarzda ötkazilgan tadbirda uşbu hujjat normalari yuzasidan qizğin fikr almaşildi.
Mamlakatda milliy turizm industriyasini, avtomototransport vositalarining ijara bozorini rivojlantiriş dolzarb ahamiyat kasb etib, uşbu sohaga ehtiyoj tobora ortmoqda. Adliya vazirligi boşqarma boşliği Alişer Karimovning ma'lum qilişiça, transport vositalarini ijaraga beriş masalalari notarial tasdiqlaş talab etiladigan bitimlar turiga kiritilgan. Jahon tajribasidan ayonki, turistlarga birinçi galda qulaylik yaratiş maqsadida ularga avtotransport vositalaridan foydalanişda heç qanday ortiqça ma'muriy çeklovlar, tösiqlar belgilanmagan.
Bizning qonunçilikda esa mazkur jarayon qöşimça vaqt, xarajat talab qiladi. Taklif etilayotgan qonun loyihasiga köra, avtomototransport vositalarini 30 kungaça bölgan muddatga notarial tasdiqlovsiz ijaraga beriş közda tutilmoqda. E'tiborli jihati, avtomototransport vositalarini ijaraga beriş böyiça xizmatlar körsatiş huquqi ixtisoslaştirilgan yuridik şaxslarga taqdim qilinyapti. Bu mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarga sifatli xizmat körsatişni ta'minlaşi barobarida, içki turizmni ham jadal rivojlantiradi.
— Maqsad tuşunarli, — deydi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi vakili Sattor Rahmatov. — Avtomototransport vositalarini ijaraga beriş böyiça xizmat körsatişga ixtisoslaştirilgan, degan jumlaga e'tirozim bor. Bu ixtisoslaşuv nimaga kerak? Deylik, mening haydovçilik guvohnomam bor, demak, maşina boşqarişga huquqim bor, maşina egasidan maşina olmoqçiman. Bu yerda qanaqa ixtisoslaşuv kerak? Yana bir munozarali savol, nega aynan yuridik şaxslarga bu imtiyoz berilmoqda, jismoniy şaxslarning ham qançadan-qança avtomaşinalari bor. Uşbu loyihada qat'iy çegaralar qöyilgan, buni aniqlaştiriş kerak.
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Abduraşid Abduqodirov mazkur faoliyatda sifatli xizmat körsatilişini ta'minlaş maqsadida avtomototransport vositalarini ijaraga beriş huquqi aynan yuridik şaxslarga taqdim qilinayotganini qayd etdi.

















