Jahon | 18:48 / 13.01.2018
14123
2 daqiqa o‘qiladi

“Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov bir kunda 900 million dollarga boyidi

Foto: Sergeya Savostyanova / TASS

“Lukoyl” prezidenti va eng yirik aksiyadori Vagit Alekperovning boyligi 12 yanvarda 900 mln dollarga ko‘paydi. Bundan Forbes hisob-kitoblari guvohlik bermoqda. Kompaniyaning yana bir egasi Leonid Fedunning aktivlari esa 350 mln dollarga ko‘paygan.

Bunga neft kompaniyasi aksiyalarining keskin oshishi sabab bo‘ldi: 12 yanvarda kompaniya aksiyalari tarixiy maksimumgacha qimmatlashdi. 12 yanvarda Moskva birjasidagi savdolar davomida kompaniya aksiyalarining bir donasi narxi 3942 rublga yetdi, vaholanki savdolar boshlanishi vaqtida bir dona aksiya 3677 rubl turgan. Moskva vaqti bilan soat 16:20da aksiya narxi 3910 rubl bo‘lgan. Shu tariqa aksiyalar 6,03 foizga qimmatlashgan.

Kompaniya aksiyalarining bunday keskin qimmatlashishi kompaniya direktorlar kengashining 12 yanvardagi yig‘ilishidan keyin yuz berdi. Yig‘ilishda kompaniyaning 2017 yilgi faoliyatining dastlabki natijalari keltirib o‘tildi. Yig‘ilishda direktorlar kengashi kompaniya balansida bo‘lgan g‘aznachilik aksiyalarining asosiy qismini to‘lash va aksiyalarni ortga sotib olish dasturini ma'qullagan. 

Ayni vaqtda kompaniya Forbes talqini bo‘yicha Rossiyaning eng yirik kompaniyalari ro‘yxatida 1-o‘rinni egallamoqda.

Mavzuga oid