11 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning xorijdagi elçixonalari faoliyati tahliliga bağişlangan videoselektorda prezident elçixonada işlab kelgan «ayrim idoralar» vakillarini qaytarişini ma'lum qildi.

Şavkat Mirziyoyev yiğilişda «barça diplomatlar özining idoraviy mas'ulligidan qat'i nazar, elçining xizmat topşiriqlarini sözsiz bajarişi» lozimligini ta'kidladi. 

«Elçixonada bir-ikkita idoralar vakillari işlaydi, men hammasini qaytarib olaman. Böldi, u zamon tugadi. Elçi prezidentning vakili, siz ortidan kuzatib boradigan kimsa emas​», deya davlat rahbari elçixonada diplomatik vazifada işlamagan xodimlarga işora qildi.