11 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning xorijdagi elçixonalari faoliyati tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a'zolari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari, Taşqi işlar vazirligi va boşqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari iştirok etdi.

«Hurmatli, yiğiliş iştirokçilari! 2018 yilda oldimizda yanada keng kölamli öta muhim vazifalar turibdi. Birinçidan, ötgan yili xorijda erişilgan barça kelişuvlarni amalga oşiriş lozim. Ularni qoğozdan hayotga köçiriş kerak. Xalqimiz kelişuvlar amalga oşirilişini umid bilan kutyapti, axir. Bundan taşqari, joriy yilda 20dan ortiq yuqori darajadagi taşriflar, xalqaro anjumanlarni ötkazişni rejalaştirganmiz», dedi prezident.

Prezidentning aytişiça, islohotlar özgarişi davrida elçilar ham şaxsan faol iştirok etişi zarur. Davlat rahbari har bir elçiga amaliy faoliyatini tanqidiy qayta körib çiqib, kuçaytirişini talab qildi.

«Orangizdan kimdir ana şunday öta muhim jarayonlarni çetdan tomoşabin bölib, kuzatib turişiga yöl qöymayman. Şuning uçun, yangi taşkil etilgan maxsus komissiya oldida har biringiz iş reja va hisobotlarni topşirişingiz söraladi. Agar kimningdir faoliyati nomaqbul, deb topilsa, öşa vakolatxona yopiladi», deb aniq masalaga işora qildi u.

Yiğilişda iş faoliyatini tubdan özgartirib, aniq natijalarga erişayotgan xorijiy mamlakatdagi elçilar alohida e'tirof etildi. Prezident şunga qaramasdan, 2017 yilning özida «qattiq uyquga ketgan» hamda işiga yengi-yelpi qarab kelgan 10 nafar elçini şaxsan lavozimdan olganini ma'lum qildi.

Ötgan yilda Özbekistonning Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Malayziya va boşqa davlatlardagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimidan böşatilgandi.