11 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elçixonalari faoliyati tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, unda Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a'zolari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari, viloyatlar hokimlari, Taşqi işlar vazirligi va boşqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari iştirok etdi.
Ötgan davr mobaynida çuqur öylangan, özaro manfaatli va amaliy ruhdagi taşqi siyosat yuritiş, xorijiy davlatlar, birinçi navbatda, qöşni mamlakatlar bilan döstona va özaro manfaatli munosabatlarni rivojlantiriş borasida sezilarli natijalarga erişilgani qayd etildi.
“Özbekistonning taşqi siyosatida Markaziy Osiyo – boş ustuvor yönaliş” tamoyili izçil hayotga tatbiq etilişi mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratiş, özaro işonç va yaxşi qöşniçilik asosidagi aloqalarni mustahkamlaş imkonini berdi. Şu asosda suvdan oqilona foydalaniş, çegara, transport qatnovini qayta tiklaş va kengaytiriş kabi köplab nozik masalalarga yeçim topildi.
Rossiya va boşqa MDH mamlakatlari, Xitoy, AQŞ, Janubiy Koreya, Turkiya, Yevropa va Osiyodagi bir qator davlatlar bilan özaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YeXHT, ŞHT, IHT va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan şeriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Toşkent şahrida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining ofisi qayta iş boşladi. Xalqaro valyuta jamğarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiyalari banki bilan hamkorlikni yangiça asosda yölga qöyildi.
2017 yilda 200dan ortiq xalqaro şartnomalar, şuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qiymati qariyb 60 milliard AQŞ dollariga teng kelişuv va bitimlar imzolandi.
Bunday salmoqli işlarda Taşqi işlar vazirligi ham muhim örin tutgani ta'kidlandi.
Yiğilişda Taşqi işlar vazirligi, uning muassasalari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining 2017 yildagi faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, 2018 yil va yaqin istiqboldagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

















