AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida Özbekiston hayotida keyingi bir yil davomida röy bergan voqealarga munosabatini bildirib ötdi. Uşbu intervyu ÖzA tomonidan e'lon qilingan.

Suhbat Vaşingtonda, «Amerika ovozi» teleradiosi studiyasida bölib ötgan.

Jurnalist elçidan bugungi Özbekiston haqida qanday fikrdaligi, hozirgi aloqalarni qanday ta'riflaşi, AQŞ va Özbekistonda rahbarlar özgarişidan oldingi ahvol bilan hozirgi şaroit örtasida qanday farqlar borligi haqida söraydi.

«Juda dolzarb savollar. Özbekistonda iş boşlaganimga bu oy uç yil böladi. 2015 yilning 27 yanvarida Prezident Karimovga işonç yorliği topşirganman. Öşa davr bilan taqqoslasam, hozirgi vaziyat juda boşqaça. Eng katta farq — hozirgi Özbekiston ğayratga töla. Özgariş uçun xohiş kuçli. Özbekistonning dunyodagi örnini tiklaş va uni qanday rivojlantiriş haqida samimiy va oçiq muhokama ketmoqda. Juda hayajonli, quvonçli davr. Özbekistondan oldin Qirğizistonda elçilik qilganman, undan oldin Qozoğistonda elçi örinbosari bölganman.

Prezident Mirziyoyev lider sifatida köplab mintaqaviy masalalar yeçimi tomon jonbozlik qilmoqda. Muvaqqat prezident sifatida 2016 yilning sentabrida qilgan nutqida yangiça qöşniçilik siyosati haqida gapirib, Özbekiston yonidagi davlatlar bilan aloqani mustahkamlaydi, degan.

Bu jarayon tezlikda avj olib, prezident Turkmanistonga bordi, keyin esa Qozoğistonga va boşqa davlatlarga. Boş vazir hozir Tojikistonga bormoqçi... (bu suhbat Abdulla Aripovning Duşanbega taşrifidan oldin bölib ötgan. Boş vazir 10-11 yanvar kunlarida Tojikistonda böldi - tahr.) Bu Markaziy Osiyo bilan işlab kelayotgan tomonlar uçun juda quvonçli. Mintaqa katta potensialga ega deb kelganmiz va mana endi buni mintaqaning özi isbotlaşga harakat qilmoqda. Hamma umidga töla.

Markaziy Osiyo qöşni Afğoniston bilan ham hamkorlikni rivojlantirişni boşlagan. Özbekiston va Afğoniston aloqalarida özgarişlar katta. Prezident Ğani ötgan oy Özbekistonda juda yaxşi kutib olindi. Men özim Prezidentlarning ziyofatida qatnaşiş şarafiga muyassar böldim. Ajoyib riştalar. Prezident Ğani Buxoroga ham borib, faxriy daraja oldi. Özbekiston taşqi işlar vaziri ayni damda afğon delegatsiyasi bilan muzokarada.

Özbekiston, Markaziy Osiyo böylab, qolaversa Afğoniston bilan avj olayotgan jarayonlarga qarasangiz, 2015 yildagi vaziyatdan yer va osmonça farqni körayapman», degan elçi.