Özbekiston va AQŞ örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 26 yil töldi. Ötgan çorak asrdan köproq muddat içida har ikkala davlat ham turli özgarişlarni boşdan keçirdi. Tabiiyki, bu davlatlararo munosabatlarda ham öz aksini topdi. Biroq, bir davrning özida, AQŞda ham, Özbekistonda ham yangi davlat rahbarlari saylandi. Şunday qilib, munosabatlarning yangi bosqiçi yölga qöyildi.

Ikki mamlakatlar örtasida hamkorlikda qanday loyihalar amalga oşiriladi? Amerika işbilarmonlarining Özbekistonga bölgan qiziqişi qanday? Şu va boşqa masalalar yuzasidan AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen xonim “Özbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.

“Şavkat Mirziyoyev qisqa davr içida mamlakatda katta özgarişlarni amalga oşira boşladi. Bu, albatta, quvonarli hol. Kutilayotgan taşrif davomida davlatlar örtasidagi turli darajadagi hamkorlik masalalari muhokama etiladi. Mamlakatlar örtasidagi munosabatlarda yangi davr boşlanmoqda.

Ayni paytda Özbekistonga GM, Coca-cola brendi bilan kirib kelgan Amerikaning yirik kompaniyalari iş olib bormoqda. Şu bilan birga, boşqa gigantlar ham bu ölkaga qiziqiş bildirişmoqda.

Bu yerda turizmni rivojlantiriş uçun bir narsani ta'kidlaş lozim: sayyoh uçun mamlakatning özi qiziqarli bölişi kerak. Özbekiston ana şunday qiziqarli davlatlar sirasiga kiradi, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy şaharlar haqida köpçilik tasavvurga ega. Qadimiy şaharlarda taşrif buyuruvçi sayyohlarga yaratilayotgan şaroitlar ham ösib bormoqda. Ammo, men köproq, Özbekistonning çet elda maşhur bölmagan şaharlari haqida gapirişni istardim. Masalan, Farğona vodiysidagi Mingtepa manzilgohini yaqindan tomoşa qildim. Şubhasiz, bu ham sayyohlarni qiziqtiradi. Kamçiliklar şundan iboratki, obidalar oldiga sayyohga tuşunarli tilda yoxud ingliz tilida ma'lumotlar qöyilmagan. Ölka tarixi va madaniyatini yaxşi biladigan, xorijiy tillarda bemalol sözlaşadigan gid-tarjimonlarni köpaytiriş maqsadga muvofiq. Ayni dam bu borada Namangan davlat universiteti bilan hamkorlik qilib kelyapmiz. Turizm rivojlangan şaroitda sayyohlar soni ham oşadi, bu esa mehmonxona va transport xizmatiga alohida urğu beriş zarurligini keltirib çiqaradi. Çet eldan kelgan sayyoh ravon yöllarda yurişni, tezyurar poyezdda harakatlanişni istaydi.

Sayyohlar oqimini köpaytiriş uçun nima zarur? Buning uçun Özbekistonni xorijda PR qiliş lozim. Masalan, Amerikada Özbekiston nomi bilan boğliq körgazmalarni tez-tez uyuştirib turiş, festival va madaniyat kunlarini köproq taşkil etiş kerak. OAVda ijobiy tusdagi reportaj, maqolalar berib borilişi ham sayyohlar e'tiborini tortadi”, deydi elçi xonim.