Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 sentabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qöşma Ştatlarining Favqulodda va muxtor elçisi Pamela Spratlenni qabul qildi.

«Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, AQŞ elçisi köp qirrali va özaro manfaatli Özbekiston – AQŞ aloqalarini izçil rivojlantiriş va mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşganini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Oliy darajadagi muloqotlar va Özbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qöşma Ştatlariga rasmiy taşrifining samarali natijalari ikki mamlakat örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlarining yangi davri uçun mustahkam zamin yaratgani qayd etildi.

Tomonlarni qiziqtirgan barça masalalar böyiça konstruktiv siyosiy muloqot yölga qöyildi. Parlamentlararo aloqalar faollaşdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Fan, ta'lim va madaniyat sohalarida, şuningdek, hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda.

AQŞ elçisi Özbekiston rahbariga samimiy qabul uçun çuqur minnatdorlik bildirdi. Amerika Qöşma Ştatlari ikki tomonlama munosabatlarni izçil rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratayotgani, uning mamlakatimiz bilan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga intilişi qat'iy ekani qayd etildi.

Uçraşuv yakunida mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun AQŞning Favqulodda va muxtor elçisi Pamela Spratlen «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi.