AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosi muxbiri bilan suhbatda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga ta'rif berdi.

Muxbir Navbahor Imamova elçi Pamela Spratlendan «AQŞ Markaziy Osiyoda integratsiyani tarğib qilib kelgani, Özbekiston hukumati esa odatda qarşi tomon sifatida qaralgani, yangi prezident Şavkat Mirziyoyev esa integratsiyaga yetakçilik qilayotgani körinib turgani», haqidagi fikrlarga munosabatini söragan. 

«Şunday, Şavkat Mirziyoyev bu borada yetakçilik qilyapti.

Prezident Mirziyoyev juda oçiq odam, nazarimda. Rahbarlikka kelişi bilanoq bu közimga taşlandi. Odamlar bilan yaqindan oçiq muloqot qilişni xohlaydi, sizni qunt bilan tinglaydi. Gaplaşayotganda siz tomon egiladi. Prezident Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça yordamçisi Liza Kurtis bilan uçraşganida ham şunday muloqot qildi.

Barça uçraşuvlarda şuni köraman. Davlat kotibi örinbosari Tomas Şennon ham 2016 yil kelganida juda oçiq gaplaşdi. Ğoyalarni olqişlaydi. AQŞdan, Yevropadan, Janubiy Koreyadan... Bu juda yaxşi, nazarimda. Köp jihatdan taşqi dunyoga yopiq turgan davlatning hammaga oçiq ekanini körsatmoqda.

Endi bu real ma'noda nimani anglatadi, buni vaqt körsatadi, lekin «biz hamma bilan işlaşga şaymiz» deb turişning özi ham katta özgariş», deya elçining sözlarini keltirgan ÖzA.

Elçi Şavkat Mirziyoyevni yaqindan birga işlaş mumkin bölgan rahbar sifatida körişini tasdiqlagan.

«U bilan oçiq gaplaşsa böladi, deb öylaymiz. Davlatini yangiça yöldan olib borişga tayyor rahbar deb hisoblaymiz. Bu degani Mirziyoyev bilan yaqindan işlay olamiz», deya davom etgan elçi.