AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosi muxbiri bilan suhbatda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligida olib borilayotgan islohotlar töğrisida fikr yuritdi.

Muxbir Spratlen xonimdan Özbekistondagi islohotlar ortida prezidentning özigina turgani, bu özgarişlar sistematik emasligi haqidagi qaraşlarga munosabatini söragan.

«Bunga e'tibor berayapmiz va kuzatayapmiz. Hozirgaça özgarişlar ortida uning özi turibdi, bunga şubha yöq. Mirziyoyev şu qadar tez va talabçanki, u bilan yonma-yon ketiş qiyin. Uning taşabbuslarini quvvatlovçilar haqiqatda qança? Uning kelajak haqidagi gaplarini qançalik tuşunişmoqda? Mirziyoyevda tezlik kuçli. Şunday ekan, muhlat haqida gapiriş menga qiyin», degan Spratlen xonim.

Elçi Özbekiston prezidenti kuçli bosim ostida işlayotganini tasdiqlagan.

«Töğri, bosim kuçli. Özgariş qiliş kerak. Bu imkoniyat aslida. Imkoniyatlardan foydalanib qoliş kerak, çunki ularning muddati bor. Aholining toqati qançalik? Buni bilmayman. Prezidentga qarab, u öziga muhlat bergani aniq, deysiz. Ayrimlar fikriça, 2-3 yil. Qani, köramiz. Ammo, xulosangizga qöşilaman, Prezident nimaga qodirligini isbotlaşi kerak degan bosim bor. Buni u öziga özi berayotgan bölişi ham mumkin», degan u.

Amerika elçisi Şavkat Mirziyoyev rahbarligida islohotlar boşlangan, biroq hali qilinadigan işlar talayligini qayd etib ötgan.

«Hukumat Özbekistondagi özgarişlarni tan olişimizni xohlaydi. Prezident Mirziyoyev boşqarayotgan Özbekiston oldingi Özbekiston emas – u şuni tan olişimizni istaydi.

Mirziyoyev Amerika siyosiy doiralari unga islohotçi deb qaraşini istaydi. U kötarayotgan masalalar, nutqlarida ahamiyat qaratayotgan mavzular - misli körilmagan çiqişlar.

Uning tört soatlik murojaatida men yöq edim, lekin Konstitutsiya kunidagi nutqini tinglaşga bordim. Qiynoqlarga qarşi gapirdi. Bu tarixiy özgariş. Bu islohot. Qora röyxatlar bekor qilinişi, odamlar undan çiqarilişi — islohot.

Mirziyoyev u qilayotgan işlar töğri baholanişini istaydi. U boşlayotgan islohotlar tan olinib, quvvatlanişini istaydi. U biladiki, Özbekiston uzoq davr salbiy baholangan. Xalq hukumatdan uzoq edi, şuni özgartirmoqçi. U islohotçi sifatida maydonga çiqmoqda.