AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida prezident Karimov örniga Mirziyoyev kelişini heç kim kutmagani haqida gapirgan.

Jurnalist «Şavkat Mirziyoyev avvalgi sistema namoyondasi ekani, avvalgi sistemadan çiqqan odam hozirgidek davlat rahbari bölişi»ga elçi qanday munosabatda ekanini söragan.

«U nafaqat meni, balki hammani ajablantirdi. Uning rahbarlikka tanlanişi juda qiziq, ehtiyotkorona va pişiq, çuqur mulohazali bir qaror böldi. Xalqaro hamjamiyatda heç kim Prezident Karimov örniga şu odam keladi deb kutmagan edi. Meni, şaxsan, Mirziyoyev juda köp jihatdan hayron qoldirgan va qoldiradi.

Birinçidan, uning temperamenti, boya aytganimdek. U odamlar bilan işlaşni xohlaydi, hamjihatlik tarafdori. Ikkinçidan, va bu Özbekiston xalqi uçun juda muhim: Mirziyoyev rahbarlikka kelganidan beri davlat va xalqni yaqinlaştiriş harakatida. Xalq manfaatlarini öylang, u bilan muloqot qiling, deb kelmoqda. Bunday yondaşuvni odamlar, nazarimda, kutmagan edi.

Oqsaşlar böldi albatta, lekin ayrim işlari samara bera boşladi. Gapirayotganida bir narsa oydek ravşan: u hukumat zolim kuç bölişini xohlamaydi, aksinça, hukumat xalqqa xizmat qilsin, deydi. Bunga erişiş esa juda qiyin. Maşaqqatli yöl oldinda, lekin Mirziyoyevning xalqqa xizmat qilişga bel boğlagani men uçun kutilmagan hol.

Ikkinçi ajablanarli hol, hukumat apparatini yangilaş harakati. Oldinlari eski davr odamlari köp edi. Ularning ayrimlari hali ham bor. Lekin ular orasida juda iqtidorli odamlar ham bor — köp narsani biladi va foydasi katta. Yangi şaxslar ham serob. Hukumatning çet elda öqiganlarga keng oçilayotgani ham katta özgariş.

Yoşlarga e'tibor katta. Xorijda işlayotganlarga salbiy emas, ijobiy ruhda qaraşayotgani tahsinga sazovor. Siz, masalan, bu haqda köp gapirib kelasiz, "Tvitter" va boşqa joylarda. Bu juda muhim. Bozor iqtisodiyoti ham siljiy boşladi. Oldinda qilinadigan işlar talay. Biroq Prezidentning bu borada BMTda va boşqa minbarlardan turib gapirişi, yangi yönalişga ötiş, ötgan sentabrda Nyu-Yorkda AQŞ biznes doiralariga bu borada oçiq aytişi keng olqişlandi. Endi biz kutayapmiz, bu qarorlar amalga oşişini.

Har kuni xuşxabar. Oldinlari Özbekistonga şoşmay, çoy içib, astalik bilan harakat qiladigan xalq va hukumat deb qaraşar edi. Hozir ham köp jihatdan mana şu madaniyat joyida. Lekin bugungi signal şuki, Özbekiston oldinga şahdam qadam taşlaşga şay.

Prezident Mirziyoyev, nazarimda, orqada qolmoqçi emas; dadillik va epçillik bilan köproq bizneslarni jalb etmoqçi; mamlakatda töğridan-töğri sarmoya oqimi oşsin, deya urinmoqda. Bu juda qiyin, lekin ötgan yili sentabrda konvertatsiyani oçgani u bu maşaqqatni yengişga bel boğlaganidan darak. Şunday ekan, yana köplab xuşxabarlar kutib qolamiz», deya Spratlen xonimning sözlarini keltirgan