Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim muassasalarida necha nafar fan doktori faoliyat yuritayotgani aytildi
Foto: KUN.UZ
Joriy yilda O‘zbekiston OTMga mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlardan 276 nafar yoshlar talabalikka qabul qilingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 126 nafarga (84 foizga) ko‘paydi. Ularning asosiy qismini mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari, xususan Turkmaniston (120 nafar), Rossiya Federatsiyasi (56 nafar), Qozog‘iston (42 nafar) aholisi tashkil etadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bugungi kunda mamlakat oliy ta'lim muassasalarida chet el mamlakatlaridan jami 709 nafar, ulardan uzoq xorij davlatlaridan 98 nafar talaba ta'lim olmoqda.
2017 yilda barcha oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari soni 68494 nafarni tashkil etib, ulardan 62900 nafari bakalavr bosqichini, 5594 nafari magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tugatdi. Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilaridan 67326 nafari kunduzgi, 1168 nafari esa sirtqi kurslarni, shuningdek 20630 nafari davlat grantlari asosida ta'lim olib, bakalavr hamda magistr darajasiga ega bo‘ldi.
2017 yilda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarning 25934 nafari yoki 37,9 foizini qizlar tashkil etadi.
Oliy ta'lim muassasalarida 25107 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ulardan fan doktor ilmiy darajaga ega bo‘lganlari 1470 nafarni hamda fan nomzodlari 6011 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek ilmiy unvoni bo‘yicha professorlar 1078 nafarni, dotsentlar 4091 nafarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025