
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov bugun Milliy olimpiya qömitasi yiğilişida iştirok etdi. Yiğilişda MOQga yangi prezident, boş kotib va vitse-prezidentlar saylandi. Bu haqda tadbirda qatnaşgan KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.
Şu kungaça Milliy Olimpiya qömitasiga rahbarlikni Mirabror Usmonovdan qabul qilib olgan Alişer Sultonov amalga oşirib kelayotgan edi, boş kotib vazifasida Oybek Qosimov işlab kelayotgan edi.

Yangi tayinlovlar natijasida Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti etib saylandi. MOQ boş kotibi lavozimiga Jasur Matçonov tayinlandi.
MOQ vitse-prezidentlari etib, Murod Azimov, Alişer Sultonov, Oybek Qosimov va Salim Abduvaliyev tayinlandi.
Ahmadjanov Umid Mahamadjonoviç 1977 yil 16 may kuni Toşkent şahrida tavallud topgan.
Millati özbek. Ma'lumoti oliy. Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini imtiyozli asosda tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda «Zenit» firmasida işçi sifatida boşlagan. 1995-2001 yillarda «Ilmu Ziyod» xususiy korxonasida işçi, keyinroq 26-sonli quriliş boşqarmasida işçi hamda operator vazifalarida, şuningdek, Olimpiya Aktsionerlik Jamiyatida avtosanoat bölimi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
2002 yilda Özbekiston nogironlar sport federatsiyasi Boş kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007 yilga kelib, dastlab Özbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiyatsiyasi Boş kotibi hamda raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Uşbu taşkilotdagi faoliyati bilan birgalikda U.Ahmadjonov 2007 yildan e'tiboran Özbekiston Dzyudo Federatsiyasi raisi örinbosari hamda Özbekiston Olimpiya Qömitasi vitse-prezidenti lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritdi.
















