Özbekiston Prezidentining Qur'on musobaqasini ötkazişga katta taşabbus körsatib: “Qur'onni eşitiş, eşita oliş yuksak ma'naviyat, ma'rifat. Qur'on heç qaçon yomonlikka da'vat qilmaydi. Agar, Qur'oni karimni eşita olsak, eşittira olsak bu muvaffaqqiyat böladi. Elimizga nur keladi”, deb aytgan edi. Şundan söng, Özbekiston tarixida birinçi marotaba 1-Respublika Qur'oni karim oçiq tanlovi ötkazilişi e'lon qilindi.
Özbekiston Musulmonlari matbuot xizmatiga köra, Qur'on musobaqasi iştirokçilarini röyxat oliş işlari 15 yanvar kuni yakunlangan. Unga köra, jami iştirokçilar soni 5366 nafarni taşkil etgan. Şundan 3263 nafar erkak, 2103 nafari ayol-qiz iştirokçilar ekan. Bu esa haqiqiy kutilmagan natija, tarixiy voqeadir, deb yozadi ÖzMI matbuot xizmati.
Musobaqalarning ötiş jarayonlarini kuzata turib, mana şunday fayzu barakotli kunlardan mamnun bölgan özbekistonliklarning közlari yoş ila qöllarini duoga kötarib, uning şukronasi uçun yaratgan Parvardigorga hamdu sanolar aytişayotgani, bu işga taşabbuskor bölgan Davlat rahbari, taşkiliy işlarga boş bölib turgan olimu ulamolar haqiga duolar qilişmoqda.

















