Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey sport va jamiyat masalalari böyiça vazir Treysi Krauçni “yolğizlik” böyiça vazir etib tayinladi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda. 

Meyni yangi vazirlik taşkil etişga leyboristlar partiyasidan parlament a'zosi Jo Koksning faoliyati ilhomlantirgan. Koks 2016 yilda öldirilgan. U yolğizlik böyiça komissiyani boşqargan va özlarini yolğiz his qiluvçilarga yordam beriş maqsadida çoralar köriş, maxsus davlat idorasini taşkil etişga çaqirgan. 

Mutaxassislar mamlakatda “yolğizlik epidemiyasi” avj olgan deb xavotirlanmoqdalar. Britaniyaning 65,6 mlnlik aholisidan 9 mln.dan köproq kişi özini yolğiz his qiladi.

Vazirlik aynan qanday işlar bilan şuğullanişi ma'lum qilinmagan, biroq u Koks tomondan yaratilgan yolğizlik böyiça komissiya bilan hamkorlik qiladi.

41 yoşli Koks 2016 yil iyunda, Brexit referendumidan biroz oldin öldirilgan. Uning qotili Tomas Meyr umrbod qamoq jazosiga tortilgan. U Koksga qölbola töpponçadan uç marta öq uzgan va bunda “Avvalambor Britaniya” deb qiçqirgan. Bu ibora şunday nomdagi partiyaning şiori bölib, bu partiya muhojirlarga qarşi aksiyalar va musulmonlarga hujumlar uyuştiriş hamda Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi böyiça taşviqot olib borişi bilan ma'lum.