Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududida yonib ketgan avtobus yölovçilarining barçasi Özbekiston fuqarolari edi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar böyiça departamenti ma'lumot berdi.

«Özbekiston fuqarolari. 50dan ortiq kişi. Halok bölganlarning barçasi Özbekiston fuqarolari bölişgan. Qozoğiston va Rossiya fuqarolari yöq», — deya manbaning sözlarini keltirgan RIA Novosti.

Qayd etilişiça, avtobus Özbekistondan Rossiyaga ketayotgandi.

Bundan avvalroq Samara — Çimkent trassasida yölovçi avtobusi yonib ketişi oqibatida 52 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.

Foto: instagram/@askar_aktileu
Foto: Qozoğiston viloyat favqulodda vaziyatlar böyiça departamenti

Eslatib ötamiz, 2017 yilning 6 oktabrida Rossiyaning Vladimir oblastida poyezd yölovçi avtobusni urib ketişi oqibatida 17 nafar özbekistonlik halok bölgandi.

Vladimir fojiasi

Ötgan yilning yozida esa Qozoğiston hududida 50 nafar özbekistonlikni olib ketayotgan avtobus halokatga uçragan, öşanda baxtsiz hodisada 9 nafar özbekistonlik vafot etgandi.

Avtobus halokati: oqibatlar emas, sabablar bilan kuraşaylik