Jahon | 00:41 / 19.01.2018
13529
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlardan reportaj: Niderlandiyadagi bo‘ron

Foto: instagram/@klump25

18 yanvar kuni Niderlandiyaga kuchli shamol ortidan bo‘ron keldi. Noqulay ob-havo tufayli Amsterdamning Sxipxol  aeroporti barcha reyslarni bekor qildi. Kun davomida aviaqatnovlar qayta tiklandi, biroq shamol terminal tomiga ziyon yetkazdi. 

Milliy meteorologiya xizmati eng yuqori darajali xavfdan ogohlantirdi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi joylarda soatiga 140 kilometrga yetishi mumkin. 

Shuningdek poyezdlar harakatida uzilishlar kuzatilmoqda: mamlakatning yirik shaharlarini bog‘lovchi ko‘p poyezdlar bekor qilingan yoki kechikkan. Kamida ikki kishi daraxt qulashi natijasida halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy ofat oqibatlari aks etgan surat va videolar tarqalgan: qulagan daraxtlar, singan deraza oynalari va joyidan qo‘zg‘algan mashinalar...

YouTube'da shuningdek mamlakatning turli shaharlaridagi guvohlar tomonidan tasvirga olingan roliklar talaygina.

Germaniyaning ko‘plab g‘arbiy va shimoliy tumanlarida ham noqulay ob-havo hukmron: u yerda maktablar yopilgan, mahalliy aholidan esa uylarini tark etmaslik so‘raldi.

Foto: @bbartb
Foto: twitter/@wid
Foto: instagram/@foto_vef_gaaf
Foto: instagram/@joleez
Foto: instagram/@mariannepetersmith
Foto: instagram/@regiopurmerend
Foto: instagram/@opiumed
Foto: instagram/@klump25

 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid