Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning qizi Şahnoza Mirziyoyeva yangi taşkil etilgan Maktabgaça ta'lim vazirligi tizimida iş faoliyatini boşladi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berilgan.
Ma'lum qilinişiça, Şahnoza Şavkatovna vazirlik tizimida Maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini taşkil etiş boşqarmasi boşliği örinbosari sifatida işlamoqda.

Bundan avval, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 19 dekabr kuni ötkazilgan maktabgaça ta'lim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarni tahlil qiliş va istiqboldagi vazifalarni belgilab olişga bağişlangan videoselektor yiğilişida iştirok etgan Şahnoza Mirziyoyeva vazir Agrepina Şin hamda uning örinbosarlari qatoridan joy olgandi. Uşbu videoselektor yiğilişi «Özbekiston» telekanali orqali namoyiş etilgan.
Eslatib ötamiz, davlat rahbarining joriy yil 30 sentabrdagi «Maktabgaça ta'lim tizimi boşqaruvini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yönalişlar belgilab berilgandi. Öşa kuni qabul qilingan Prezident qaroriga asosan bu sohada alohida vazirlik – Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi taşkil etilgan.
Maktabgaça tarbiya ta'lim tizimining birlamçi va eng muhim böğini hisoblanadi. Soğlom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalaş, avvalo, şu tizimdan boşlanadi.
Biroq şu paytgaça bu tizim rivojlanişdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgaça ta'lim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgaça yoşdagi bolalarning 33 foizi boğçalarga qamrab olingan, xolos.
















