Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun Qozoğistondagi fojiada halok bölgan 49 nafar yurtdoşlarimizning röyxatini e'lon qildi. Röyxatni körib, yurak-bağrim yana qon böldi. Albatta har bir vafot etgan şaxsning doği barçamiz uçun yuk, lekin halok bölganlar orasida ota-bola, aka-ukalarning borligi qalbimizni battar tirnayapti.
Farğona viloyati Toşloq tumanidan ota-bola – 1970 yilda tuğilgan Ma'rifjonov Adhamjon (48 yoş) hamda ularning farzandi Avazbek (21 yoş) ham halok bölibdi.
Namangan viloyati Töraqörğon tumanidan aka-ukalar Madraximov Xamidullo (32 yoş) va Xabibullo (27 yoş) bu yoruğ olamni erta tark etişdi.
Farğona viloyati Toşloq tumanidan Muxsinjonovlar oilasida ham yana bir aka-ukalar Turdiali (24 yoş) va Abdulboqi (22 yoş) ham endi oramizda yöq.
Qanday fojia yuz berganini his qilib köryapsizmi özi?
Qançadan-qança oila suyangan toği, oila boşisini yöqotdi. Qançadan-qança ota-onalar navqiron, ayni kuçga tölgan farzandu jigarbandidan ayrildi. Vodiy uzra motam qora buluti kezib yuribdi...
Ijtimoiy tarmoqlarda bularga kim aybdor, degan savollarni köp berişmoqda. Ayrimlar işsizlikdan tortib, bilet narxlarigaça, qişloqlarda şaroit yöqligidan tortib marhumlarning özlarini ham aybdor qilib körsatişgaça borişyapti.
Lekin mendan sörasangiz, bularning barçasiga sifatsiz ta'lim aybdor, deb javob beraman.
Işsizlik köpmi? Çunki, ta'lim tizimimiz yangi iş örinlarini oçadigan, innovatsion ğoyalar, taşabbuskorlik bilan yaşaydigan har tomonlama yetuk kadrlar yetiştirib bera olmayapti.
Tadbirkorlarimiz rivojlanmayaptimi? Çunki, ta'lim tizimimiz tadbirkorning yuragi bölgan kuçli menedjyerlar, marketologlar, uzoqni köra oladigan moliyaçilarni yetiştirib bera olmayapti.
Korrupsiya kuçlimi? Çunki ta'lim tizimimizning boşlaniş buloği korrupsiyadan boşlanadi. Boğçaga bolangizni qöyişdan pul bilan boşlaganingizdan keyin u toki institutni tugatib diplom olgungaça qançadan-qança qorni qappaygan vijdonsiz rahbarlarning çöntagini boyitişingiz kerak.
Çetda mardikorlik qilişyaptimi? Çunki ta'lim tizimimiz zamonaviy mehnat bozoriga bardoş bera oladigan, raqobatbardoş kadrlar tayyorlab bera olmayapti. Bizning ta'limdan çiqqanlarning köpçiligi (hammasi emas) nari borsa köça supuriş yoki quriliş qilişga yarayapti xolos.


















