Taniqli bloger Davron Tojialiyev özining feysbukdagi sahifasida Aqtöbedagi fojiaga munosabati ölaroq qoldirgan postida bu kabi hodisalarning yuzaga keliş sabablari töğrisida fikr yuritgan.
2005 yili universitetni bitirgaç, propiskam muddati ham tugadi. Çözdira olmadim — işimdan böşatişdi. 3-4 oy rosa iş qidirdim — propiskasiz qabul qilişmadi. U paytlar internet bugungidek emas, onlayn iş topiş ham imkonsiz edi. Tengdoşlarim kabi Rossiyaga ketişga qaror qildim. Dadamdan ruxsat söragan edim, uruşib berdilar:
“Tört yil qiynalib öqib, Rossiyada mardikorlik qilasanmi?”. “Hamma işlayapti-ku, kunimni körib ketarman”. Heç qanday bahona ötmadi. Rozi bölmadilar. Orada magistraturaga topşirdim. Byudjyet joyini stipendiatlar egallab bölişgan. Kontrakt örni ham juda kam. Kira olmadim. Yana propiska, yana iş topiş taşvişlari boşlandi. Toşkentda qolib, amallab kun köra boşladim. Noyabrning boşlarida ÖzMU marketing bölimidan qönğiroq qilib qolişdi: “Tojialiyevmisiz? Agar kontrakt asosida öqimoqçi bölsangiz, 2 kun içida şartnoma pulini tölab, öqişga kelişni boşlang”. Sarosimada qoldim. Öşa yili universitetda katta ta'mirlaş işlari bölayotgani bois şartnoma asosida yangi örinlar oçilgan edi.
Magistraturani bitirganimdan söng ikki yil avvalgi vaziyatga tuşdim. “Ongim” ança oşgan, endi meni Rossiya qiziqtirmas edi. Şarqşunoslik institutini bitirgan bir xonadoşim ham iş topa olmadi-da, Rossiyaga ketdi. Beçora döstim qiş payti rus örmonlarida yoğoç kesayotib katta daraxt tagida qoldi. Sovuq xonalarda oylab oyoğini qimirlatolmay yotdi. Keyin qaytib keldi-da, Farğonada arzimas oylikka işlab yurdi. Söng baxti kulib “Grin karta” yutib oldi-da, AQŞga ketdi.
Şu döstim bilan iş qidirib, Dubay, Kanada, AQŞ, Şvetsiyaga işga yuboradigan ne-ne şirkatlar eşigini qoqmadik. Şirkatlardan biri firibgar çiqdi, biriga yuz körinişimiz yoqmadi, birining imtihonidan ötolmadik, neçtasi yopilib ketdi.
Koreyaga yubormoqçi bölişdi. 5000 lik “xizmati” bor deyişdi. Eskidan “xizmat”li joylar bilan çiqişolmayman. Rad etdim. “Çyuning”ga topşirdim, “Maski”ga topşirdim. Sönggi bosqiçlaridan yiqildim. Harakat qilib, Angliyadagi bir kollejga öqişga kirdim. OVIRga xorijga çiqişdan maqsadi degan joyiga töğri qilib, “Angliyaga öqiş uçun” deb yozdim. OVIRda hujjatim 11 oy qolib ketdi. Öqişim ham bekor böldi...
Keyin Marğilonga qaytdim. Uylandim, bola-çaqali böldim. Çet-eldan işlaş uçun takliflar bölgan bölsa-da, oilamni bu yerda taşlab ketişga közim qiymadi. “Non şahri” yana öziga çorladi. Yana propiska, keyinroq ijara şartnomasi degan ğavğolar boşlandi...


















