Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonov qaroriga köra, poytaxtdagi içimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga 100 söm/m kub. miqdorida maxsus ustama haq belgilandi. Bu haqda şahar hokimi joriy yilning 12 yanvar kuni imzolagan 69-son qarorida şunday deyiladi.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahrida 1 m.kub suv uçun endilikda 600 söm tölanadi. Gap şundaki, Uy-joy kommunal xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş manbalaridan biri sifatida içimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilanişi nazarda tutilgandi. Aynan mana şu vazifani bajariş maqsadida içimlik suvi uçun tölanadigan narx oşirilmoqda.
Qarorda aynan qaysi toifa iste'molçilar maxsus ustama haq bilan qayta hisoblangan narx böyiça içimlik suviga pul tölaşi körsatilmagan. Demak, bu barça uçun birdek tatbiq etilişi rejalaştirilgan. Içimlik suvi hisoblagiçini örnatmagan iste'molçilardan suv ta'minoti xizmati uçun oşirilgan miqdorda, ya'ni 1,5 barobarda tölov undiriladi. Masalan, bir oyda maxsus ustama haq bilan hisoblaganda örtaça 9948,5 söm tölaydi.

Içimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq summasi maqsadli tuşum hisoblanadi, barça soliq turlarini va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaşda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, şuningdek, suv ta'minoti taşkilotlarining moliyaviy natijalari töğrisidagi hisobotda aks ettirilmaydi.