Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tanklari Afringa kirdi
Turkiya Suriya shimolidagi Afrin viloyatiga tanklarini kiritdi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda NTV telekanali xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, Turkiya tanklari chegara hududidan itqitib yuborilgan kurd harbiylari qarshiligiga duch kelmasdan harakatlanmoqda.
20 yanvar kuni avvaliga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya shimolida harbiy amaliyot boshlanib bo‘lganini ma'lum qildi. Ko‘p o‘tmasdan Turkiya bosh shtabi Afrinda «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qildi. Turkiya harbiylari bayonotida bu amaliyot «Suriya yaxlitligini hurmat qilgan holda» olib borilishi ma'lum qilingan. Turkiya hujum boshlashi arafasida Rossiya Mudofaa vazirligi Arbindagi harbiylarini Tall-Adjar hududiga ko‘chirdi.
Suriya hukumati Turkiyaning harakatlarini o‘z suverenitetiga daxl qilish deb baholadi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026