Yangi 2018 yil nafaqat Özbekiston neftgaz tarmoği, balki butun mamlakat uçun ham muhim voqeadan boşlandi. Qoraqalpoğistondagi Ustyurt platosida joylaşgan Quyi Surğil maydonida gaz kondensatining yangi yirik zaxiralarini oçişga erişildi. Bu haqda «Özbekneftegaz» axborot xizmati xabar bermoqda.
Ötkazilgan kon-geofizika işlari tufayli 2018 yil yanvar oyi boşlarida 3 600 metr çuqurlikda gaz va kondensatning sanoat hajmlaridagi zaxiralarini topişga erişildi.
Surğil koni mamlakat neftgaz sanoatini rivojlantiriş dasturida yaqin istiqbol uçun muhim vazifalardan biriga aylandi. Uni oçiş va foydalanişga topşiriş qimmatbaho resurslarni qazib çiqariş va qayta işlaş, tarmoq infratuzilmasini yanada kengaytirişga qaratilgan.
Yaqin vaqtlarda mutaxassislar tomonidan uglevodorodlar zaxiralari ösişini baholaş işlari bajariladi va Quyi Surğil konida geologik qidiruv işlarning yangi yönalişlari yuzasidan samarali takliflar tayyorlanadi.





















