«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi rahbari özgardi. Uluğbek Röziqulov milliy aviakompaniya boş direktori lavozimidan ozod qilingan. «KUN.UZ»ning «Özbekiston havo yöllari»dagi manbasi uşbu ma'lumotni tasdiqladi.
2017 yilning avgustida 2002 yil iyunidan buyon aviakompaniyaga rahbarlik qilib kelgan Valeriy Tyan örniga «Özavtosanoat»ning sobiq rahbari Uluğbek Röziqulov «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi boş direktori etib tayinlangandi.
Milliy aviakompaniyaga bunga qadar birinçi örinbosar lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyor Hakimov yangi boş direktor etib tayinlangan. Hakimov muqaddam Toşkent xalqaro aeroporti direktori lavozimida ham işlagan.
Bu özgariş sönggi vaqtlarda jamoatçilik tomonidan aviakompaniya nomiga bildirilgan tanqidlar fonida röy bermoqda. Internetda bir neça marta milliy aviakompaniya reyslari uçun çiptalar narxlari juda qimmatligi va bu aholiga noqulayliklar keltirib çiqarayotgani tanqid qilingandi.

















