Futbol böyiça Özbekiston çempionati Superligasining 2018 yilgi mavsumdagi iştirokçilari nomi ma'lum böldi.
Özbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superligada iştirok etuvçi futbol klublari oldiga litsenziyalaş böyiça ma'lum talablar qöyilgan edi.
Ötgan davr mobaynida Özbekiston futbol federatsiyasi hamda PFL tomonidan mazkur talablarning bajariliş holatini örganiş yuzasidan işçi guruh taşkil etilib, 2017 yilning noyabr oyi oxiridan boşlab bugungi kungaça futbol klublari hamda uning infratuzilmasi örnatilgan tartibda 3 marta örganildi va tekşiruvdan ötdi.
Tekşiruv jarayonida asosiy e'tibor futbol klublarining stadionlari holati, u yerda yaratilgan şart-şaroitlar, ayollar va mini-futbol jamoalarining infratuzilmasi, futbol bazalaridagi umumiy holatga qaratildi.
Takroriy örganişlar jarayonida Quvaysoyning «Tsementçi» hamda Muborakning «Maş'al» klublari tomonidan Superligada iştirok etuvçi futbol klublari oldiga qöyilgan talablar töliq bajarilmagani, mavjud muammo va kamçiliklar bartaraf etilmagani aniqlandi.
«Tsementçi» futbol klubining öquv maşğulot bazasi, yotoqxonasi ta'mirtalab ekani, şuningdek, futbol klubi özining maktabiga ega emasligi, futbol klubining ayollar jamoasi uy uçraşuvlarini ötkazadigan stadion yangi mavsumga tayyor emasligi aniqlandi.
Şuningdek, «Maş'al» futbol klubining stadioni ham yangi mavsumga umuman tayyor emasligi, futbol klubining öquv-maşğulotlar bazasi umuman talabga javob bermasligi, futbol klubi mini futbol jamoasi infratuzilmasi yangi mavsumga tayyor emasligi, futbol klubining ayollar jamoasi uçun hududda umuman şaroit mavjud emasligi, futbol klubining futbol maktabi açinarli ahvoldaligi ma'lum böldi.
Ularning örniga, garçi çempionatni quyi poğonada yakunlagan bölsa ham, litsenziyalaş böyiça talablarga javob beradigan Farğonaning «Neftçi» hamda Jizzaxning «Söğdiyona» klublari Superliga-2018 iştirokçilari qatoriga qöşildi. Mazkur futbol klublarining Superligada iştirok etiş uçun belgilangan talablarni yetarliça bajarganligi inobatga olindi.
Özbekiston futbol federatsiyasi Işçi guruhi a'zolarining yakuniy xulosasi asosida Özbekiston futbol federatsiyasi Ijro Qömitasi Byurosining 24 yanvardagi 4-sonli Qarori qabul qilindi. Unga köra, 2018 yilgi mavsumda Superligada iştirok etuvçi futbol klublari qöyidagi tarkibda tasdiqlandi:
1. «Lokomotiv»
2. «Nasaf»
















