Jizzax viloyati Zafarobod tumanida bunyod etilayotgan neftni qayta işlaş majmuasida yiliga 5 million tonna neft qayta işlanib, “Yevro-5” standartidagi yuqori sifatli motor va aviatsiya yonilğisi, benzol, mazut, bitum va boşqa bir neça turdagi mahsulotlar olinadi, deb yozmoqda ÖzA.

Zavod qurilişi «Jizzakh Petroleum» qöşma korxonasi hamda boş pudratçi – «Enter Engineering Ltd» kompaniyasi va uning  şeriklari bilan birgalikda olib borilmoqda. 

Yangi majmuaga Rossiya va Qozoğiston konlaridan qazib olinayotgan xomaşyo neft quvuri orqali yetkazib beriladi. Ma'lumki, Omsk – Pavlodar – Çimkent neft quvuri tarmoqlaridan biri Jizzax viloyatiga yaqin hududdan ötgan. Şu yerdan yangi majmuagaça uzunligi 100 kilometrlik quvur yotqiziladi. Loyiha doirasida qozoğistonlik şeriklar uzunligi 168 kilometrlik neft quvurini rekonstruksiya qilib, nasos stansiyalari va texnik inşootlar qurib beradi. 

Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, korxona sanoat usulida işga tuşirilgandan söng bu yerda 2 mingta iş örni yaratiladi. Ma'lumki, neft-kimyo tarmoğidagi har bir iş örni tarmoq bilan boğliq bölgan boşqa sohalarda ham yana bir neça yangi iş joylarini yaratadi. Şu jihatlar hisobga olinib, korxona işga tuşişi bilan 16 mingdan ortiq yuqori daromadli yangi iş örni paydo bölişi möljallanmoqda.