Şoşilinç yordam körsatiş xizmatlarining Call-markazlarida şu kunga qadar oddiy fuqarolar, turli kasb egalari ötirardi. Prezidentning yangi qaroriga muvofiq esa, endi u yerda şifokorlar ötiradi. KUN.UZ muxbiri Prezident maslahatçisi Rustam Qosimovning 25 yanvardagi brifingda bergan ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Şifokorlarning qölida bugunga qadar uyali telefonlar qöllanilib kelyapti. Endi esa GPS-moslamalari qöyiladi - uyali telefonlarning örniga Özbekistonda işlab çiqariladigan ratsiyalar işlatiladi. Ratsiyalar joriy qilinganda qönğiroqlarni çegarasiz qabul qiliş imkoniga ega bölinadi. Buning natijasida tez tibbiy yordam körsatiş muddati sezilarli darajada qisqaradi", - deydi R.S.Qosimov. 

Davlat maslahatçisining sözlariga köra, şoşilinç tibbiy yordam körsatiş muddatni qisqartiruvçi yana bir omil -  ratsiyalarda şifokorlarning ötirişi va ularning eng yaqin masofadagi qaysi şifoxonada muayyan bemor uçun kerakli mutaxassis borligini yaxşi bilişi va töğri yönaltira bilişida. 

Ma'lum qilinişiça, Call-markazlar 2018 yilda Toşkent şahri va viloyatlar markazida, 2019 yilda esa butun respublikani qamrab oladi va yil yakuni böyiça barça viloyatlarda hamda Toşkent şahrida bu 103 tez yordamiga aylanadi. Bunga qadar aloqa xizmati yölida mavjud bölgan tösiqlar bartaraf etiladi. 

Bundan taşqari, R.Qosimov respublikadagi barça tibbiyot muassasalari hayot uçun xavfli damlarda şoşilinç tibbiy yordam söraganlarga bepul xizmat körsatişlari zarur  ekanini ta'kidladi. 

"Köp xususiy klinikalarimiz bor, ayrim hollarda ularni şoşilinç yordam körsatiş uçun çaqirsak, "pulli xizmat körsatamiz" deyişadi. Ayrimlari paysalga solişadi. Hayot uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan holatlarda tibbiyot muassasalariga şoşilinç tibbiy yordam sörab murojaat qilgan şaxslarga malakali tibbiy yordam körsatişni rad etiş taqiqlanadi. Qarorning tegişli bandida Adliya vazirligiga şu talabning ijrosi va mas'uliyatini oşiriş topşiriği berildi", deydi davlat maslahatçisi.