Jamiyat | 10:35 / 26.01.2018
31530
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda ilk bor karton qutida choy ichimligi ishlab chiqarilmoqda

Foto: ELSE TEA

Choy O‘rta Osiyo xalqlari orasida azaldan sevib iste'mol qilinadigan ichimlik hisoblanadi. Choy bu tashnalikni qondiradigan, charchoqni yozadigan ichimlik sifatida ko‘pchilikka ma'lum. Choy ichish inson organizmida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, ko‘taradi. Bundan tashqari organizmga yaxshi singadi, natijada choy qon tomirlarni kengaytiradi, asab tizimini yaxshilaydi, ovqat hazm qilishda yaxshi yordam beradi. Choyning tarkibida boshqa ichimliklarda uchramaydigan juda ko‘p mikroelementlar bo‘ladi, bular jumlasiga mis, ftor, temir, marganets, rux va shu kabilar kiradi. Ayrim manbalarda yozilishicha choy ichish tufayli inson organizmida xavfli o‘sma kasalliklari oldi olinadi. Choyda inson umrini uzaytiradigan va organizm qarishini sekinlashtiradigan moddalar mavjudligi aniqlangan.

Foto: ELSE TEA

“ROUSTON BOTTLERS” kompaniyasi ishlab chiqarilgan ELSE TEA choy ichimliklari ham yuqorida ko‘rsatilgan shifobaxsh xususiyatlarga ega. Bu choylarni ishlab chiqarishga innovatsion tarzda yondashilgan bo‘lib, choylarning ta'mi va tarkibi yanada yaxshilashga harakat qilingan. Choy tarkibidagi tabiiy choy ekstrakti va xushbo‘ylovchi moddalar choyning sifatini yanada yaxshilashga yordam beradi. Bu choy tarkibida 6 foizgacha qand bo‘lib, bu narsa insonga anchagina tetiklik bag‘ishlaydi. Bundan tashqari  ELSE TEA choy ichimliklari O‘zbekistonda birinchi marotaba karton qutilarga qadoqlandi. Qadoqlash jarayonida ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan bo‘lib, bu choydagi barcha xususiyatlarni o‘zgarishsiz saqlab qolishga imkon beradi. Steril holatda qadoqlangan choy ichimligining sifati bir yil davomida o‘zgarishsiz saqlanishiga imkon beradi. Choyni iloji boricha sovuq holda ichish tavsiya qilinadi. Hozirgi paytda ELSE TEA choy ichimliklari ichish uchun qulay bo‘lgan ikki xil qadoqda: 250 ml va 125 ml li qadoqda ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari ichishda qulaylik bo‘lish uchun  har bir iste'mol qadog‘i maxsus plastik naychalar bilan ta'minlangan. Ishlab chiqarish jarayonida barcha sanitariya-gigiyenik normalariga qat'iy amal qilinadi. Mahsulot tegishli davlat organlari tomonidan sertifikatlangan.

Foto: ELSE TEA

Murojaat uchun: +998 97 2120370

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid