Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi futbol öyinlarida hakamlik qilayotgan angliyalik Mark Klattenburg azonni eşitgan zahoti ibodat uçun öyinni töxtatdi. Bu haqda Daily Mail naşriga asoslanib, Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qirol kubogi uçun ötkazilayotgan "Al-Feyx" va "Al-Fotih" jamoalari örtasidagi uçraşuv paytida yaqin oradagi masjidlardan azon ovozi eşitilib qoladi. Bu paytda öyinning qöşimça daqiqalari ötib borayotgan edi. 

Angliyalik hakam huştak çalib öyinni töxtatdi va saudiyaliklar uning bu qarorini gulduros qarsaklar bilan olqişlaşdi. 

"Al Feyx" yakunda 118-daqiqada urilgan gol evaziga 2:1 hisobi bilan ğalaba qozonib, çorak finalga çiqdi.

42 yaşar Mark Klattenburg avvallari Yevro-2016 va Çempionlar ligasi-2015/16 finallarida hakamlik qilgan. Angliya Premer ligasida 2004 yildan to ötgan yilning fevral oyiga qadar hakamlik qilib kelgan. Ötgan yilning oxiridan boşlab Saudiya Arabistoni hakamlar qömitasini boşqarib kelmoqda. Daily Mail naşri ma'lumotiga köra, u bu yerda yiliga 1 mln. yevro işlab topadi. Xuddi şunday miqdordagi maoşni unga Xitoydan ham taklif qilişgan edi, ammo u Saudiya Arabistonini ma'qul kördi.