Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati bosh soliqchisi ishdan olindi, o‘rnida Parpiyevning o‘rinbosari ishlaydi
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sobir Qulto‘rayevich Rahmonqulov prezident ishtirokidagi yig‘ilish chog‘ida ishdan olindi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lum qilmoqda.
Prezident Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari Abdusalom Abduqahhorovich Yo‘ldoshevga Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlashga ko‘rsatma bergan.
Abdusalom Yo‘ldoshev 1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1990 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1992 yildan Davlat soliq xizmatida faoliyat boshlagan.
U turli yillarda Andijon viloyati va Toshkent shahrida davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2012 yilning fevralidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026