XI asrda yaşagan Abu Muin Nasafiy bobomiz aqida ilmining buyuk namoyondalaridan biri. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya  ta'limotining dunyoda keng miqyosda tarqalişida muhim rol öynagan. Islom dini sofligini saqlaş, aqidaparastlikka qarşi kuraşişga qaratilgan köplab ilmiy asarlar yozgan. Qarşi tumani Qovçin qişloğida dafn etilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida Abu Muin Nasafiy maqbarasini obod ziyoratgohga aylantiriş, ziyoratçilarga zarur şaroitlar yaratiş, bu maskanda kutubxona taşkil etiş, buyuk olim asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkaziş böyiça tavsiyalar bergan edi. 

Şunga muvofiq bu yerda katta bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Aqida ilmi böyiça maktab, kutubxona qurilmoqda, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari ulamolar bilan suhbatda buyuk bobokalonimiz asarlari bugungi kun uçun ham ğoyat ahamiyatli ekani, ularni naşr qilib, mazmun-mohiyatini yoş avlodga yetkaziş zarurligini ta'kidladi.

Mazkur ziyoratgohda Qur'oni karimning asl qölyozma nusxasi saqlanmoqda. Bu kitob qadimgi Samarqand qoğoziga bitilgan, xattotlik elementlari bilan bezatilgan. Şavkat Mirziyoyev bunday kitoblar xalqning bebaho merosi ekani, ularni asrab-avaylaş kerakligini qayd etdi.