O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudi qaror qiladilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012 yil 13 fevraldagi 7, 5 va 22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2338, 2012 yil 13 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 yil, 11-son, 121-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2. Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

«Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlari bilan aloqaga kirishgan hollarda o‘z maqomidan qat'iy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishliligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjatlarni YPX xodimlariga taqdim etishga majbur.»;

ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi.