Braziliya prezidenti Mişel Temer pensiya idoralariga tirik ekani va pensiyani olmayotgani haqida dalil-isbotlarni taqdim etmadi, deb xabar bermoqda O Globo.
Temer San-Pauluda 1999 yilda pensiyaga çiqqan bölib, bunga qadar ştat prokurori sifatida işlagan.
Braziliyada pensionerlar har yili tegişli idoralarda «tirik ekanini isbotlaş» deb nomlangan qayta röyxatdan ötiş jarayonida iştirok etişlari şart. Buni tavallud topgan kunda qiliş kerak. Temerning tuğilgan kuni 23 sentabrga töğri keladi, biroq u kerakli hujjatlarni öz vaqtida taqdim etmadi hamda noyabr va dekabr uçun pensiyadan mahrum böldi.
Braziliya prezidenti ma'muriyatidan tuşuntirişlariça, u bandligi tufayli jarayonda iştirok eta olmagan. Şuningdek, ofisdan ma'lum qilişlariça, idoralarga barça kerakli hujjatlarni yuborişdi.

















