Özbekistonlik Nadiya Dusanova Tehronda start berilgan Osiyo çempionatida balandlikka sakraş buyiça 1-örinni egallaşga muvaffaq böldi, sportçimiz balandlikka sakraş böyiça 1.87 m körsatkiçni qayd etdi. Bu haqida Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga xabar berdi.

Yengil atletika böyiça Özbekiston terma jamoasi 31 yanvar kuni Osiyo çempionatida iştirok etiş uçun Tehronga yöl olgandi. Sportçilarimiz 1-3 fevral kunlari Eron poytaxtida dunyoning 23 mamlakatidan kelgan 300 dan ziyod sportçi bilan bellaşuvga kirişdi.

Mazkur Osiyo çempionatida 26 sovrin (13 tasi - erkaklar, 13 tasi ayollar orasida) öz egalariga topşiriladi. Dastur 60, 400, 800, 1500 va 3000 metrga yuguriş (60 metr tösiqlar orqali), 4X400 estafetasi, langarçöp bilan sakraş, balandlikka sakraş, uzunlikka sakraş, yadro uloqtiriş va boşqalarni öz içiga olgan.

Yengil atletika böyiça inşoot içida ötkaziladigan Osiyo çempionati 2004 yildan buyon jahon çempionatlari kabi ikki yilda bir marta ötkaziladi. Tehron uçinçi marta (2004, 2010, 2018 y.) Osiyo çempionatini qabul qilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, ayollar örtasida ötkaziladigan musobaqalarda maydonda faqat ayollar - sportçilarning özlari, hakamlar, texnik va ma'muriy personal böladi. Ayollar örtasidagi musobaqalar kunning birinçi yarmida, erkaklar örtasidagi musobaqalar esa ikkinçi yarmida ötkaziladi.

Özbekiston terma jamoasi 10 sportçidan taşkil topgan:

1. Sergey Dementev  (yadro uloqtiriş);

2. Grigoriy Kamulya  (yadro uloqtiriş);

3. Dmitriy Melsitov  (balandlikka sakraş);

4. Javohir Noriyev  (uzunlikka va uçtalik sakraş);

5. Nadiya Dusanova  (balandlikka sakraş);

6. Safina Sa'dullayeva  (balandlikka sakraş);

7. Roksana Xudoyorova  (uzunlikka va uçtalik sakraş);

8. Yelena Smolyanova  (yadro uloqtiriş);

9. Nigina Şaripova  (60 m);

10. Aleksandra Yurkevskaya  (beşkuraş)..