Italiya jurnali Falastin sobiq yetakçisi Yosir Arofatning maxfiy kundaliklaridan ba'zi qismlarni yakşanba, 4 fevral kuni e'lon qiladi.
Espresso naşrining maxsus materialida Saddam Husayn bilan qarama-qarşilik va Fidel Kastro bilan döstlik, Isroil sobiq boş vaziri Itsxak Rabin bilan maxfiy muzokaralar haqida söz yuritiladi.
Xususan, jurnal Arofatning Italiya hukumati sobiq rahbari Silvio Berluskoni bilan yaşirin uçraşuvi haqida söz yuritadi. Falastin sobiq yetakçisining yozganlariga köra, u sudda pullar evaziga boş vazirning yonini olib guvohlik bergan.
Ikki mamlakatning hukmron doiralari örtasidagi alohida özaro munosabatlardan yana bir holat dalolat beradi. Gap falastinlik jangarilar tomonidan «Akille Lauro» kruiz laynerining 1985 yilda egallab olinişi haqida ketmoqda, uning yetakçisiga maxsus amaliyotdan söng Italiyani tark etiş va Tunisda yaşiriniş imkonini berişgan.
Arofat 19 yil davomida tutgan kundaliklari Italiya hamda Falastinni ozod qiliş taşkiloti örtasida maxfiy bitimlar bölganini isbotlaydi, deya ta'kidlagan naşr.
Uning yozuvlari Fransiya fondiga tegişli. Egalari ularning içidagi narsani faqat «öquv hujjatlari» sifatida e'lon qiliş, ulardan kitoblar yoki filmlarni yaratişda foydalanişni taqiqlab qöyişgan.

















